Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
TA’LIMGA BO‘LGAN E’TIBOR

 TA’LIMGA BO‘LGAN E’TIBOR 

  

Muhtaram Prezidentimiz raisligida maktab ta’limida islohotlar
samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan
video selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilish mamlakatiizda ta’limga bo‘lgan e’tiborning
yuqori darajada ekanligining yana bir yaqqol misolidir. Haqiqatdan
ham so‘ngi 7-8 yil ichida ta’lim sohasida tubdan o‘zgarishlar bo‘ldi.
O‘qituvchilarimiz o‘zlarining sohasiga oid bo‘lmagan ishlardan ozod
qilindi. Ayniqsa o‘tgan yili pedagogning
maqomi to‘g‘risida qonun qabul qilingani
va shu qonunga asosan pedagogning
huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida
bo‘ladi deb belgilangani biz pedagoglarga katta ishonch va ma’suliyat yukladi.
Vatan oldidagi burchimizni ya’ni o‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson
qilib tarbiyalashda bizlarga kuch-g‘ayrat bag‘ishladi. Hozirgi kunda
o‘qituvchilarimiz uchun 10 dan ortiq ustamalar joriy qilindi. Albatda bunday
imkoniyatlardan foydalanib o‘zining ustida ishlab 8-12 mln oylik maoshi
oladigan o‘qituvchilarimiz safi yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Men rahbarlik qilayotgan 10-sonli umumta’lim maktabida ham 10 nafarga yaqin pedagoglarimiz shular jumlasiga kiradi, 8-12 mln oylik
maoshi olishmoqda.Shu yig‘ilishda davlatimiz rahbari: “Dunyoda isbot talab
qilmaydigan bir haqiqat bor; har kanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli
avlodga bog‘lik. Shu bois, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom,
bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha shart
sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur dedilar. Haqiqatdan ham yaratilgan
shart-sharoitlarga misol sifatida men
rahbarlik qilayotgan maktabda 9 yil ichida ikkita ko‘shimcha bino ya’ni 2015-yil 360 o‘rinli, 2024-yil ohirida esa 480 o‘rinli o‘quv binolari qurilib ishga tushirildi va
foydalanishga topshirildi. Yangi shinam sinflarda saboq berish
o‘qituvchilarimizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlasa, o‘quvchilarimiz ko‘zlarida quvonch , yaratilayotgan sharoitlarga minnatdorchilik hissini va ma’suliyatni
o‘ygotadi albatta. Shu o‘rinda aytishim
joizki yoshlarga berilgan imkoniyatlardan
foydalanib maktabimiz faxri (nafaqat maktabimiz balki Qoraqalpog‘iston
elining) Xaldurdiyeva Oguljeren Abajan
qizi 2023-yil maktabni oltin medal bilan tamomlab O‘zbekiston davlat
jaxon tillari universitetiga grant asosida o‘qishga kirdi. 2021-yil “Yosh kitobxon “ ko‘rik tanlovi Respublika bosqichida qatnashib 10
mln so‘m pul va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlangan edi. O‘sha paytda
Oguljeren o‘z oldiga “Albatda bu
tanlovga yana qatnashaman va dadamga mashina sovg‘a qilaman “ deb maqsad
ko‘ydi, O‘zining bilimga chanqoqligi, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi
Oguljerenni marra sari yetakladi. 2024-yil Andijon shahrida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining
15-19 yosh toifasi g‘olibasi bo‘ldi va o‘zi aytganidek otasiga BVD Chazor
avtomobilini sovg‘a qildi. Oguljerenning
yutug‘i maktabimiz o‘quvchilariga motivatsiya berdi. O‘ylaymanki, ilmga chanqoq
yoshlarimiz Prezidentimiz ishonchini oqlaydi va Yangi O‘zbekistonni dunyo miqyosiga olib chiqishda kamarbasta bo‘lishiga ishonchimiz komil. Biz
pedagoglar esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bilim
berishga hamisha tayyormiz.  

  

Sayat Gichgeldiyeva,  

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi