Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Sharopov Turgunbek Uktamovich Chambil mahallasi hududiga tashrif buyurib, mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joyida tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxmudova Muxayyo Turg‘unovna aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va IIB hamkorligi!!!
янв.21
2- Quruqsoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Sharopov Turg‘unbek Chiroqchi tumani Chambil mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
янв.21
Ostonada “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti bo'lib o'tdi
янв.21
Tadbirkor yuragida orzu, qo'lida yechim bo'ladi
янв.21
Deputatlik guruxining yig‘ilishi o‘tkazildi
Eng xolis baho saylovchilar fikrida namoyon bo‘ladi

♾Demokratik jamiyatda saylovchilar o‘z vakillari faoliyatini kuzatish va baholash huquqiga ega. Shu nuqtayi nazardan, deputatlarning o‘z saylovchilariga hisobot berishi muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat deputatning mas’uliyatini oshiradi, balki saylovchilar bilan ochiq va samarali aloqani ta’minlab, bildirilgan ishonchni to‘laqonli oqlash yo‘lida faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. 

👨‍💼Paxtachi tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nargiza Kenjayevaning saylovchilar bilan uchrashuvi ham yuqoridagi jihatlarga ko‘ra ahamiyatli bo‘ldi.

✨Dastlab tadbirda ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilar ekan, deputatlar xalq vakillari sifatida o‘z saylovchilari oldida hisobdorligi, ularning faoliyatiga asl bahoni saylovchilar berishi va, albatta, hisobot berayotgan deputat bilan birgalikda uning partiyasi uchun ham birdek ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Deputat saylangan 38-Xumor saylov okrugi joylashgan hududdagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari hamda saylovchilar, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, jamoatchilik faollari, faxriylar ishtirok etgan tadbirda deputat Nargiza Kenjayevaning o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

✅Qayd etilganidek, hisobot davrida deputat o‘z faoliyatini mamlakatimiz qonunchiligining asosi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, undan kelib chiqadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va albatta, partiya Saylovoldi dasturida belgilangan ta’lim, sud-huquq, aholi salomatligini saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi qator ustuvor maqsadlar asosida samarali tashkil etib, bu borada salmoqli natijalarga erishgan.

Jumladan, deputat tomonidan o‘tgan davrda 45 dan ortiq fuqarolar murojaatlari yuzasidan qabullar tashkil etilib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan masalalarga ijobiy yechim topilgan.

✅O‘z faoliyatida aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratgan safdoshimiz ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bilan og‘rigan fuqarolarga davolanishlari uchun moddiy yordam ajratish, shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bemor fuqarolarni dori-darmonlar bilan ta’minlash hamda turli darajadagi tibbiy ko‘rik¬larni tashkil etishdek ezgu ishlarga bosh bo‘ldi. 

➕– Aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, – dedi hisobot davridagi faoliyati mobaynida 7 nafardan ortiq ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishgan deputat. – Zero, kasb-kori bor fuqaro, avvalo, o‘z oilasini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa oilalarning farovonligini oshiradi va ijtimoiy muammolarni kamaytiradi.

Deputat mahalla ahlining ishongan tog‘i. O‘zi saylagan deputatni ko‘rgan borki, albatta, bir muammoni uning oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Masalan, obodonchilik, infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ayniqsa, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini yaxshilash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sportga e’tibor qaratish, yosh oilalarni yer bilan ta’minlash kabilar shular jumlasiga kiradi. Deputat "bu ish mening qo‘limdan kelmaydi", demaydi. U o‘z vakolatlari doirasida harakat qiladi: sessiyaga taklif kiritadi va mutasaddi tashkilotlarga murojaat qiladi, deputatlik so‘rovi bilan chiqadi va oxir-oqibat muammoga yechim topadi.Muxtasar aytganda, tashabbuskor deputatimizning faoliyatiga bag‘ishlangan sarhisob tadbiri uning hududdagi ko‘plab masalalarda saylovchilar ishonchini oqlashi, aholini rozi qilishga qaratilgan amaliy ishlari bilan ahamiyatli bo‘ldi. Qolaversa, fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, kelgusidagi muhim vazifa va maqsadlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Slide 1 of 2