Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va yangilanishlar yo‘lidagi muhim dastur
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Maktab sport zallari va jihozlari holati deputat tomonidan o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan ta’lim muassasasida isitish tizimlar holati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
Sifatli tibbiy xizmat

 Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashi deputati Dusmatova Nodira Zairkulovna tomonidan Xos mahallasida joylashgan Xos OShP da bo'lib, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat haqida o‘rganish o‘tkazdi.
O'rganish jarayonida har oyda 10 dan ortiq og'ir kasalligi bo'lgan bemorga Respublika miqyosidagi kasalxonalarga yo'llanma berilayotganligi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oila a'zolari bepul davolanishi yo'lga qo'yilganligi aniqlandi. OShP da laboratoriya tekshiruvi (qon, siydik, axlat, qandli diabet, kaltsiy, revmaproba), EKG tekshiruvining mavjudligi xalqqa juda katta qulaylik yaratgan.
Bundan tashqari, muolaja xonasida bemorlarga shifokor yozib bergan retsept asosida malakali xamshiralar xizmat ko'rsatmoqda. Xozirgi kunda kunduzgi statsionar xizmat ko'rsatish va fizioterapiya faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan ekan. Tibbiyot xodimlarini yana bir qiynayotgan masala tug'ish yoshidagi ayollar va aholining aksariyati o'z vaqtida tibbiy ko'rikka kelmasliklari aytildi.
Umuman olganda Xos OShP faoliyati va xizmatidan xalqimiz rozi.  

Slide 1 of 4