Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tumandagi 6-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida mavjud sport infratuzilmasi holati bilan tanishdi.
✨Jumladan, sport zallarining foydalanish imkoniyatlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik talablari hamda anjomlarning zamonaviyligi va yaroqliligi masalalariga e’tibor qaratildi.
💫O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar bildirildi. Ushbu ishlar yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, maktablarda sport bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.