Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ boshlig‘i S. Mamajonovga poytaxtda markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, oqova suv tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Nigora Eshmetova Toshkent shahrida markazlashgan kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud oqova suv tarmoqlarini ta’mirlash va yangilarini qurish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kanalizatsiya tizimidagi avariyalarni bartaraf etish natijalari yuzasidan savol berdi. Shuningdek, kanalizatsiya tarmoqlarida tiqilish va nosozliklar kuzatilayotgan hududlarda fuqarolar murojaatlarini tezkor hal etish masalalariga e’tibor qaratdi.

🗣 JAVOB: “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ boshlig‘i S. Mamajonov mazkur yo‘nalishda 2026-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

📋 Jumladan, Toshkent shahrida markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi 94 foizni tashkil etgani qayd etildi. 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida 5,58 kilometr oqova suv tarmog‘i mukammal ta’mirlangani, 756,8 kilometr tarmoq profilaktika maqsadida tozalangani ma’lum qilindi.

🏗 Vazirlar Mahkamasining 702-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod, Bektemir, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida jami 2 kilometr yangi oqova suv tarmog‘i qurilgani bildirildi. Shuningdek, ichimlik va oqova suv tizimlariga tegishli 1 781 ta quduqqa yangi qopqoq o‘rnatilgani qayd etildi.

📊 2026-yil 13-oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahri oqova suv tarmoqlarida jami 10 621 ta nosozlik qayd etilib, ularning 10 620 tasi bartaraf etilgani ma’lum qilindi. Nosozliklar Uchtepa, Chilonzor, Yunusobod, Mirobod, Yakkasaroy, Sergeli, Olmazor, Shayxontohur, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarida kuzatilgani bildirildi.

⚠️ Shu bilan birga, qolgan ta’mirlash va qurilish ishlarini moliyalashtirish manbalari aniqlanishiga qarab amalga oshirish ko‘zda tutilgani qayd etildi.

📉 Muhokamada kanalizatsiya tarmoqlarini bosqichma-bosqich yangilash, oqova suv xizmatlari qamrovini kengaytirish, nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1