Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani. Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani 2-sonli umumtaʼlim maktabida "Oila – muqaddas qoʻrgʻon" mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
янв.21
Chinoz tumani. Tumanda “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chinoz tumani. Chinoz tumanida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chinoz tumani. Mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani. Deputat tomonidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Chinoz tumani. O'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Chinoz tumani “Firibgarlikdan saqlaning!” — ogohlik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
Chinoz tumani.Sessiya
янв.21
Chinoz tumani. Mahalladagi xotin qizlar faoliyati o'rganildi
Kosonda “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raisi saylandi

 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Koson tuman Kengashi tomonidan “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi Konferensiyasi o‘tkazildi. 

  Tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etgan Konferensiyada yurtimizda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularning manfaatlari yo'lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. 

  So‘zga chiqqanlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, partiya qoshida “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubining ta'sis etilishi hududlarda tabiatsevar insonlarning ko’payishi, yoshlarning ekologik savodxonligi oshishi uchun qo’yilgan muhim qadam ekanligini aytishdi.  

Konferensiyada klub a'zolari va raisini saylash masalalari ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarning fikrlari tinglandi. Unga ko’ra Koson tuman Kengashining “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raisi etib Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Хalima Sattorova saylandi.  

Slide 1 of 5