O'rganish davomida mahalla hududida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi faoliyati o'rganildi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim yo‘nalishlarda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o'rganish hududda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahalla miqyosida olib borilayotgan ishlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.