Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT

 KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT

Bugun, 25-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning shaxsiy kunlik ish rejasi asosida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

🔹 Kun davomida E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaat va xatlar ko‘rib chiqiladi, xodimlar faoliyati muvofiqlashtiriladi hamda belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinadi.

🔹 11-saylov okrugi hududidagi Turon va A.Navoiy mahallalariga borilib, mahallalar faoliyati hamda 24 ta masala yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganiladi.

Aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.

🔹 Shuningdek, navbatdagi sessiya materiallari, doimiy komissiyalar bayonnomalari va qaror loyihalari ko‘rib chiqiladi. Aniqlangan muammolar asosida deputatlik so‘rovlari tayyorlanadi.

📲 Kun davomida Kengash kanalida yangiliklarni yoritish, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni tahlil qilish va kelgusi kun vazifalarini belgilash ishlari ham amalga oshiriladi.

Asosiy maqsad — muammoni joyida aniqlash, mas’ullar bilan birgalikda yechim izlash va natijadorlikni ta’minlash.