Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
405-SON QAROR IJROSI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

 405-SON QAROR IJROSI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan Pastdarg‘om tumani hokimining o‘rinbosari Sh.Daniyarovga rasmiy xat yuborilib, tumandagi bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda elektron texnik pasportlashtirilishi holati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar so‘raldi.
Xususan, quyidagi masalalarga aniqlik kiritilishi so‘ralgan:
🔹 tumandagi barcha bino va inshootlar, jumladan ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy soni va toifalari;
🔹 elektron texnik pasportlari shakllantirilgan obyektlar soni va yagona elektron platformaga kiritilganlik holati;
🔹 bino va inshootlarning vizual tekshiruvdan o‘tkazilganlik darajasi;
🔹 seysmik jihatdan muammoli, texnik holati qoniqarsiz yoki kapital ta’mirga muhtoj obyektlar;
🔹 instrumental-texnik tekshiruvga muhtoj obyektlar va ular bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 seysmik jihatdan zaif obyektlarni mustahkamlash, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
🔹 ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik holati va elektron texnik pasportlashtirilishi;
🔹 o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qayta qurish yoki konstruktiv o‘zgarishlarning seysmik xavfsizlikka ta’siri.
📌 Mazkur ma’lumotlar doimiy komissiya tomonidan 405-son qaror ijrosining amaldagi holatini xolisona baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun o‘rganiladi.
📅 So‘ralgan ma’lumotlarni 2026-yil 10-sentabrga qadar yozma va elektron shaklda taqdim etish belgilangan.
🎯 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va aholi xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy choralarni belgilash.