Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi"
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI "
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi"
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANIDА. Aholi murojaatlari o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING YIGIRMANCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar, tumanda aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, tuman hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, barqaror va yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im stavkalarini belgilash, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun to‘lov tariflarini tasdiqlash masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunlari bo‘yicha barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, xalq deputatlari tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi.

Slide 1 of 13