DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga “Adolat” partiyasidan 14-Navro'z saylov okrugidan saylangan deputat Nargiza Abdukadirova nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug'bekova Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
📝 O‘rganish jarayonida FHDYO bo‘limi mudirasi Shohida Ukiboyeva tomonidan murojaatlar tahlil qilinib, ajrim, tug‘ilish va nikoh masalalari bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 40 ta murojaat kelib tushayotgani ma’lum qilindi. Ushbu murojaatlarning 2 tasi ajrim bilan bog‘liq ekani qayd etildi.
📊 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi o‘rganildi.