Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakuni bilan o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishining "REJA-JADVALI " ga asosan, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Alisher Navoiy mahalla binosida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda deputat joriy yilning birinchi choragidagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.
📌 Uchrashuvning asosiy yo‘nalishlari:
✅ Joriy holat: 2026-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarning ijrosi ko‘rib chiqildi;
✅ Hamkorlik: Muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul rahbarlar bilan birgalikda aniq yechimlar ishlab chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, aholi bilan samarali aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.