❇️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova tomonidan tumandagi Yaxshi Niyat MFY hokim yordamchisi X.Abduraxmonov faoliyati hamda hududda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida joriy yilning fevral oyiga qadar mahalla aholisiga 4 ta imtiyozli kredit ajratilgani hamda 17 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangani aniqlandi.
✅Mazkur ishlar hududda aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan amaliy choralar natijasidir.