Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani. Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani 2-sonli umumtaʼlim maktabida "Oila – muqaddas qoʻrgʻon" mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
янв.21
Chinoz tumani. Tumanda “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chinoz tumani. Chinoz tumanida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chinoz tumani. Mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani. Deputat tomonidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Chinoz tumani. O'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Chinoz tumani “Firibgarlikdan saqlaning!” — ogohlik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
Chinoz tumani.Sessiya
янв.21
Chinoz tumani. Mahalladagi xotin qizlar faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi hamda “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili va Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi o‘rtasida hamkorlik Memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumning maqsadi Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish sohasida o‘zaro hamkorlikning muhimligini inobatga olgan holda, mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlashdir.

✅Memorandumga muvofiq tomonlar o‘z vakolatlari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar: 

🔹aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish;

🔹mahalliy Kengashlar qarorlar va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash;

🔹Kengash deputatlari va kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish;

🔹aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish.

🔼Yuqorida qayd etilgan hamkorlik sohalari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

🔹aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etish;

🔹ko‘ngilli yuristlarni jalb etish;

🔹Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlar tashkil etish;

🔹mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish;

🔹aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

🖥Axborot tarqatishda qonunchilik talablariga rioya etilgan holda hamkorlik natijalari ommaviy axborot vositalari va rasmiy axborot resurslari orqali yoritilib borilishi mumkin.

‼️Mazkur hamkorlik aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3