Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. Sessiya bo'lib o'tdi
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. TIBBIYOT XODIMLARI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. YOSHLAR ISHLARI SOHASIDAGI FAOLIYAT SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. YANGI YIL QUVONCHI MAKTABDA — DEPUTAT ISHTIROKIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTATI TOMONIDAN MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILD
янв.21
CHINOZ TUMANI.Tashabbus va g‘oyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahalla muammolari deputat bilan muhokama qilindi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahalladagi o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev mahallalarda sayyor qabul o'tkazdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 23-«Zarqaynar» okrugi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan "Hastimom" mahallasida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu qabul davomida mahalla aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy ehtiyojlariga daxldor qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Olcha 9-berk ko‘chasida istiqomat qiluvchi Qo‘chqarova Mohira o‘z uyining fasad qismini ta’mirlab berish bo‘yicha murojaat etgan bo‘lsa, Zarqaynar 9-berk ko‘chasi fuqarosi Umarova Nazira voyaga yetmagan nabirasi uchun bola puli tayinlash masalasini ko‘tardi. Shuningdek, Tuychiyev Farhod tomonidan ham ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasida murojaat bildirildi. Barcha mazkur murojaatlar yuzasidan fuqarolarga qonunchilik doirasida tegishli tushuntirishlar berildi hamda ular ijobiy hal etilishi ma’lum qilindi.

Qabul jarayonida, shuningdek, Olcha 69-berk ko‘chasida joylashgan uy oldi hududida yig‘ilib qolgan qurilish chiqindilarini bartaraf etish masalasi ham ko‘tarildi. Mazkur muammoni tezkor hal etish maqsadida mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Slide 1 of 7