♻️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova tomonidan tumanning Markaziy hududida joylashgan 6-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida maktabning isitish tizimi holati, sinf xonalari va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi. Isitish tizimining samarali ishlashi, xavfsizlik talablari yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.
🔰Shuningdek, deputat Surayyo Axmedova yuqori sinf qizlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning ta’lim jarayoni, sharoitlar, qiziqtirayotgan masalalar hamda taklif va fikrlarini tingladi. Suhbat davomida o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligi, ta’limga bo‘lgan munosabati va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish belgilandi.