Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova Yaxshi niyat mahallasi hududida joylashgan 61-sonli oilaviy poliklinika (OP) faoliyati o'rganildi. Shuningdek, poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, xususan, bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
Deputat tibbiyot muassasasi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlarni qabul qilish tartibi hamda hujjatlarni yuritish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.