Ochiq budjet birinchi mavsumi amalda
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati X. Raximov (O‘zLiDep tuman Kengashi rahbari), tuman Kengashi deputatlari A. Yursunov (O‘zMTDP deputati,partiya guruxi rahbari) va A. Ergashev (XDP tuman Kengashi raisi) lar tumandagi 39-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar. Deputatlar pudratchi tashkilot rahbarlari, quruvchilar va maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, qurilish ishlarining jarayoni hamda o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi. O‘rganish jarayonida tashabbusli byudjet 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha amalda ro‘yobga chiqayotgani aniqlanib, yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar topshirilishi yuzasidan takliflar kiritildi.