🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Xikmatilla Xafizov tumandagi “Sarbozor” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔰Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilning ikkinchii choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal etish va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil axborot berildi.
🔰Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.
🔰Deputat Xikmatilla Xafizov, saylovchilarning takliflari va fikr-mulohazalariga har doim e’tibor qaratilishini ta’kidlab, mahalla aholisi bilan ochiq muloqotlarni davom ettirishini bildirdi.