Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI MUAMMOLAR DEPUTAT ISHTIROKIDA YECHIMINI TOPMOQDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAGA AXBOROT BERDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALAR QO‘ShMA MAJLIS O‘TKAZDILAR.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra'no Fozilova saylangan okrugidagi “Samarqand” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ABDUVOHID TURDIBOYEV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
CHINOZ TUMANI.DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
Mahalliy Kengashlar nazorat qiluvchi ta’sirchan organga aylanmoqda.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Saylovchilar bilan uchrashuv.

           Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-Chekmirzaobod saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov o‘z saylangan hududi, Chekmirzaobod mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvda o‘tgan to‘rt oy davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan axborot berdi.

           Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflari eshitdi va kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bag‘dod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazorat o‘rnatish maqsadida, mahallada dasturlarga kiritilgan 1-chorak bajarilishi belgilangan 5 ta loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi.

           Shuningdek, mahallada joylashgan 41-Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 10