Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI MUAMMOLAR DEPUTAT ISHTIROKIDA YECHIMINI TOPMOQDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAGA AXBOROT BERDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALAR QO‘ShMA MAJLIS O‘TKAZDILAR.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra'no Fozilova saylangan okrugidagi “Samarqand” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ABDUVOHID TURDIBOYEV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
CHINOZ TUMANI.DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
Mahalliy Kengashlar nazorat qiluvchi ta’sirchan organga aylanmoqda.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi ish rejasiga asosan, o‘z saylov okruglaridagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishni davom ettirmoqda.

Jumladan, tuman Kengashi deputati Gulchexra Qarshiboyeva tomonidan 18-maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida aniqlanishicha, hozirda maktabda ta’mirlash ishlari reja asosida jadallik bilan olib borilmoqda. Qurilish ishlarining sifati va tezligi ijobiy baholanib, ta’lim dargohi joriy yilning sentyabr oyiga qadar to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

✔️Deputat tomonidan ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash, ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi tashriflar, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning amalda qanday kechayotganini aniqlash hamda ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5