Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Әҳмийетли ушырасыў болып өтти…
янв.21
Әҳмийетли ушырасыў болып өтти…
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń  6 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
ДЕПУТАТ_УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
Шымбай районында депутатлар ушын оқыӯ семинары шөлкемлестириди
янв.21
Шымбай районын социаллық-экономикалық раўажландырыў бойынша 2025-2029-жыллар даўамында әмелге асырылыўы режелестирилген жумыслар ҳаққында район ҳәкими Тажетдинов Айбек Алтынбековичтиң бағдарламасы
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң биринши сессиясы болып өтти
янв.21
Депутатлар_хошаметленди
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң жетписинши сессиясы
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң 68-сессиясы
MIROBOD TUMANIDAN SAYLANGAN DEPUTAT F.MUXITDINOVA QO‘MITA MAJLISIDA ISHTIROK ETDI

28-fevral kuni Senatda o‘tgan Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisida bo‘lib o‘tildi, yig‘ilishda Xalq deputatlari Mirobod tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy
komissiyasi raisi F.Muxitdinova ishtirok etdi. 

Senatorlar, mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari, soha mutaxassislari va ekspertlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tgan mazkur majlisda Tashqi ishlar vazirligining 2024-yildagi faoliyati haqidagi hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. 

Taʼkidlanganidek, 2024 yilda vazirlik eski qoliplardan voz kechib, zamon talabiga va Yangi O‘zbekiston g‘oyasiga mos ravishda ish olib borishga katta eʼtibor qaratdi. 

Konseptual jihatdan tizimni isloh qilish uchun sohaga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.  

Mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan mintaqa davlatlari bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatlari faol davom ettirildi. 

Bundan tashqari, hisobot davrida uzoq va yaqin xorijdagi davlatlar bilan strategik sheriklik munosabatlarning yangi kuchaytirilgan tizimi shakllantirilib, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari
o‘rnatildi. 

Shuningdek, parlament diplomatiyasi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarining muhim omili ekanligi qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatimiz parlamentining xalqaro aloqalari jo‘g‘rofiyasi sezilarli darajada kengaygani, xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro parlamentlararo tuzilmalar bilan hamkorligi
yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi.  

Majlis davomida ishtirokchilar o‘zaro faol fikr almashdi. Shu o‘rinda, senatorlar va majlis ishtirokchilari Tashqi ishlar vazirligi faoliyatidagi ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, bu borada vazirlik faoliyatini yana-da
takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni bildirdi. Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul
qilindi. 

Slide 1 of 4