Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
“TOLBULOQ” MFYDA YO‘L VA ELEKTR TA’MINOTI MASALALARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda “Tolbuloq” MFY nuroniylari va faollari bilan muloqotlarda ko‘tarilgan masalalar asosida Parkent tumani hokimi o‘rinbosari Sh. Akramovga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-avgustdagi 489-sonli qarorida “Tolbuloq” MFY hududi uchun belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilgan.
🛣 Mazkur qarorga muvofiq, hududda 8 km yo‘lni asfaltlashtirish hamda 500 ta eskirgan simyog‘ochni yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan yuqoridagi vazifalar bo‘yicha:
·         qanday chora-tadbirlar rejalashtirilgani;
·         bugungi kunga qadar qanday amaliy ishlar amalga oshirilgani;
·         belgilangan ishlarning ijro holati;
·         mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar
yuzasidan asoslantirilgan va batafsil ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.
Mazkur deputat so‘rovi “Tolbuloq” MFY aholisini qiynab kelayotgan yo‘l va elektr infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarning amaliy yechimini topish, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish va bu boradagi ishlarni deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi — saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi dolzarb masalalarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilishga qaratilgan amaliy qadamdir.
⚠️ Deputatlik so‘rovi — aholi manfaatlarini ifoda etish va hududdagi muammolar yechimini izlashning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2