Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
MAKTAB KUTUBXONASI — O‘QUVCHILAR MUTOLAASI VA MA’NAVIY RIVOJINING MUHIM MASKANI

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📖 O‘rganish jarayonida maktab kutubxonasining bugungi holati, kitob fondining mazmuni va saqlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud adabiyotlardan foydalanish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
📕 Shuningdek, o‘quvchilarning yoshiga va qiziqishlariga mos adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, yangi kitoblarga bo‘lgan ehtiyoj, kutubxonaga tashrif buyuruvchilar soni hamda kitobxonlikni ommalashtirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📚 Kutubxona xodimlari bilan muloqot davomida o‘quvchilar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarni targ‘ib qilish, adabiy-ma’rifiy tadbirlar hamda kitobxonlik aksiyalarini muntazam tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📚 Shu bilan birga, kutubxona faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar va xodimlarning takliflari tinglandi. O‘quvchilarni kutubxonaga kengroq jalb etish, kitob fondidan samarali foydalanish va kitobxonlik targ‘ibotini yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
➡️ O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini takomillashtirish, o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, faol kitobxonlarni rag‘batlantirish hamda kitobxonlik tadbirlarining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
📗 Zero, kitob — bilim va tafakkur manbai. Yoshlarning kitob bilan do‘stligi esa ularning ma’naviy va intellektual kamolotida muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 4