Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Әҳмийетли ушырасыў болып өтти…
янв.21
Әҳмийетли ушырасыў болып өтти…
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń  6 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
ДЕПУТАТ_УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
Шымбай районында депутатлар ушын оқыӯ семинары шөлкемлестириди
янв.21
Шымбай районын социаллық-экономикалық раўажландырыў бойынша 2025-2029-жыллар даўамында әмелге асырылыўы режелестирилген жумыслар ҳаққында район ҳәкими Тажетдинов Айбек Алтынбековичтиң бағдарламасы
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң биринши сессиясы болып өтти
янв.21
Депутатлар_хошаметленди
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң жетписинши сессиясы
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң 68-сессиясы
OʻzLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faollari tomonidan “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Marg‘ilon shahar “O‘rda tagi” MFY hududidagi “Delicious cakes and pastries” MChJda tashkil etilgan tadbirda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi Ijroiya apparati Ayollar muammolarini o‘rganish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri G.Zokirjonova hamda O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Raimdjanov va A.Mahkamovlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Har qanday dasturxonning ko‘rki – qandolat mahsulotlaridir. Shuning uchun ham faoliyatini tort va pishiriqlar tayyorlashdan boshlagan “Delicious cakes and pastries” mas’uliyati cheklangan jamiyati Marg‘ilon shahrida yaxshi tanilgan. Mazkur tadbirkorlik sub’ekti rahbari Nigora Aminova o‘z qo‘l ostida 12 nafardan iborat xotin-qizlarga bosh-qosh bo‘lib, aholidan tushayotgan buyurtmalarni o‘z vaqtida sifatli qilib tayyorlab berib, mijozlarning ko‘nglini olib, ishonchiga kira oldilar. Shuningdek hozir bir kunda buyurtmaga qarab 30 turdagi 90-120 dona tort, shuningdek, turli qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda.

OʻzLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi apparat rahbari A.Mahkamov va shahar Kengashi deputati M.Raimdjanovlar izlanuvchan, qo‘li gul pazandalar ishini ko‘zdan kechirar ekan, ular ish faoliyatini o‘rganib, tegishli tavsiyalar berib, ularning ishlariga rivoj tiladilar. Kelgusida bo‘lib o‘tadigan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovlarida munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallashiga umid bildirildi.

Slide 1 of 5