35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊HÁPTELIK ISLENǴEN JUMÍSLAR  (10-15-avgust)
янв.21
HÁPTELIK REJESI (17-21-avgust)
янв.21
Deputat kóp qabatlı jaylardıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat “Qaraqalpaq suw támiyinatı” AJ Shımbay filialınıń jumısı úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
Shımbay rayonı Densawlıqtı saqlaw bólimi xızmetkerleri arasında "Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" súreni astında ilaj bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 11-sanlı “A.Xaniyazov” saylaw okrugi ÓzLIDEP partiyası deputatı G.Eshmuratova mektep pitkeriwshileri menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
#Senat_qaror_ijrosi #deputat_nazorati #24_ta_tavsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni manzilli qoʻllab-quvvatlash va “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Olmaliq shahar Abdulla Avloniy mahallasi deputati Oybek Qurolboyev tomonidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida mahalla ijtimoiy xodimining kunlik faoliyati va “Ijtimoiy reyestr” tizimi bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. Xususan:
📋Mahalladagi ogʻir ijtimoiy ahvolga tushgan oilalar, yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda ehtiyojmand fuqarolar roʻyxatining haqiqiyligi va toʻliqligi;
🤝Ijtimoiy xodimning mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan oʻzaro integratsiyalashgan holda ishlashi;
🛠Ehtiyojmand oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar hamda reabilitatsiya vositalarining oʻz vaqtida va shaffof yetkazilishi oʻrganildi.
🏠Ehtiyojmand xonadonlarga tashrif.

Oʻrganish faqat hujjatlar bilan cheklanib qolmadi. Deputat Oybek Qurolboyev ijtimoiy xodim bilan birgalikda mahalladagi bir qator ogʻir sharoitda yashayotgan xonadonlarga shaxsan tashrif buyurib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar sifati va fuqarolarni qiynayotgan boshqa muammolar bevosita ularning oʻzidan soʻraldi.
📌 Xulosa va istiqboldagi vazifalar
Oʻrganish natijalariga koʻra:
Mahalla darajasida hal etilishi mumkin boʻlgan kichik masalalar boʻyicha ijtimoiy xodim va “yettilik” aʼzolariga tegishli tavsiyalar berildi.
Shahar hamda respublika miqyosidagi amaliy yordam talab etadigan murakkab ijtimoiy muammolar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga deputatlik soʻrovi va taklifi sifatida olib chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3