35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊HÁPTELIK ISLENǴEN JUMÍSLAR  (10-15-avgust)
янв.21
HÁPTELIK REJESI (17-21-avgust)
янв.21
Deputat kóp qabatlı jaylardıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat “Qaraqalpaq suw támiyinatı” AJ Shımbay filialınıń jumısı úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
Shımbay rayonı Densawlıqtı saqlaw bólimi xızmetkerleri arasında "Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" súreni astında ilaj bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 11-sanlı “A.Xaniyazov” saylaw okrugi ÓzLIDEP partiyası deputatı G.Eshmuratova mektep pitkeriwshileri menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
Marg‘ilon shahrida himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Sh. Madaminova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova tomonidan Marg‘ilon shahar hududida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida sohada qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, Marg‘ilon shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori Umarova Gulbahor Mahamad qizi tomonidan sohaga oid ma’lumot va tahliliy ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda himoya orderi rasmiylashtirilgan 395 nafar xotin-qizning murojaatlari, oilaviy va ijtimoiy sharoiti, xavfsizligi, himoya orderi talablarining amalda bajarilishi hamda takroriy tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha tahlil qilindi.

Ayniqsa, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani e’tiborga olinib, muammoni faqat qayd etish bilan cheklanmasdan, jabrlangan ayollarga zarur huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari hamda mas’ul mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi ham o‘rganildi. Himoya orderi berilgan xotin-qizlarning holatini muntazam monitoring qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash va oilaviy muammolarni bartaraf etishda mahalla darajasidagi tizimli ishlarning ahamiyati qayd etildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori bilan belgilangan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi bilan chambarchas bog‘liq.
Qaror asosida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki bunday zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatishning aniq mexanizmlari belgilangan.

Biroq o‘rganish jarayonida ayrim holatlarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan yetarli darajada ish olib borilmayotgani aniqlandi.
Bu kabi holatlar deputatlik nazoratining naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Zero, zo‘ravonlikning oldini olish faqat himoya orderini rasmiylashtirish bilan yakunlanmasligi, balki jabrlangan ayolning keyingi hayoti, xavfsizligi, ruhiy holati va ijtimoiy moslashuvi ham doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul mutaxassislar faoliyatini kuchaytirish, himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan individual ishlashni takomillashtirish hamda takroriy tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki jamiyat oldidagi muhim mas’uliyatdir. Bu boradagi ishlarning samaradorligi esa deputatlik nazorati orqali izchil kuzatib boriladi.

Slide 1 of 5