35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊HÁPTELIK ISLENǴEN JUMÍSLAR  (10-15-avgust)
янв.21
HÁPTELIK REJESI (17-21-avgust)
янв.21
Deputat kóp qabatlı jaylardıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat “Qaraqalpaq suw támiyinatı” AJ Shımbay filialınıń jumısı úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
Shımbay rayonı Densawlıqtı saqlaw bólimi xızmetkerleri arasında "Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" súreni astında ilaj bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 11-sanlı “A.Xaniyazov” saylaw okrugi ÓzLIDEP partiyası deputatı G.Eshmuratova mektep pitkeriwshileri menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shirin shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yakunlari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida axborot berildi.

Yig‘ilish davomida hisobot davrida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida bir qator nazorat va profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Ekologik qonunchilikni buzish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilib, hisobot davrida 25 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi. Belgilangan 6 oylik reja 113,8 foizga bajarildi.

Shuningdek, hududda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari nazoratga olinib, 6 oy davomida 3,5 ming tonnadan ziyod qattiq maishiy chiqindi yig‘ilib, belgilangan poligonlarga joylashtirildi. Aniqlangan noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilib, hududlar obodonlashtirildi.

Yig‘ilishda fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Muhokamalar davomida kelgusida “Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, chiqindilarni olib chiqish xizmatlari qamrovini yanada kengaytirish, shuningdek, sanoat hududlarida atmosfera havosi va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va sog‘lom atrof-muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.