35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida
#_kunlik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga "7-Tortuli" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan «Shabnam» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududi ko‘chama-ko‘cha aylanib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Murojaatlarning asosiy qismi aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, shuningdek, tomorqa yer maydonlaridan samarali va unumli foydalanish masalalariga taalluqli bo‘ldi.
Murojaatchilarga mavjud imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Deputatlik nazoratining bunday shakli aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 1