35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
Deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi



Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosida maktabgacha ta’lim tizimiga oid muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” ijrosi, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibi, elektron navbat tizimining amaldagi holati, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan asosiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan edi.

Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2026-yil 6-avgustdagi 01-5/5-1444-sonli rasmiy javob xati taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish, elektron navbatni shakllantirish, bo‘sh o‘rinlar hisobini yuritish va yo‘llanmalar berish jarayonlari Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq imtiyozli toifadagi bolalarni qabul qilish tartibi, fuqarolarning my.gov.uz portali orqali ariza topshirish va navbat holatini kuzatish imkoniyatlari, shuningdek uzoq vaqt davomida yo‘llanma shakllanmayotgan murojaatlar bo‘yicha olib borilayotgan tahlillar va ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berilgan.

Ta’kidlanishicha, uzoq muddat davomida yo‘llanma shakllanmayotgan holatlar bo‘yicha fuqarolar navbatlari qayta o‘rganilib, quvvati yetarli bo‘lmagan hududlarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, kam quvvatda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tavsiya etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur masala deputatlik nazorati tartibida kuzatib boriladi hamda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3