Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati N. Alimova tomonidan shahar Energetika texnikumi kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida markazda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi hamda elektron resurslardan foydalanish holati tahlil qilindi.
✅Shuningdek, yoshlar va o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Axborot-kutubxona markazida zamonaviy kompyuter texnikalari, internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati hamda qulay o‘quv zallari mavjudligi qayd etildi.
✅Deputat tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi adabiyotlar bilan boyitish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kitobxonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.