35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi

Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son) hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son) talablari asosida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy-madaniy soha obyektlari faoliyati o‘rganilib, deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Madaniyat va ma’rifat markazi ansambli qizlarining sahna liboslari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ansambl ishtirokchilarining chiqishlari uchun mo‘ljallangan liboslarning holati, ularning saqlanishi, foydalanish sharoitlari hamda madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlanganidek, madaniyat va san’at jamoalarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish jamiyat ma’naviy rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Madaniyat to‘g‘risida”gi Qonuni (2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-son) hamda davlatimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy vazifalar asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ansambl faoliyatini yanada rivojlantirish, sahna liboslarini asrab-avaylash, zarur hollarda yangilash hamda ijodiy jamoalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar madaniyat va san’at sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun sifatli madaniy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3