35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Chilonzor tumanida hududlar obodonligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga qaratilgan “Dolzarb 40 kun” tozalik va obodonlashtirish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 15-Naqqoshlik saylov okrugi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘lining shaxsan ishtiroki va nazorati ostida Naqqoshlik mahallasi hududida keng ko‘lamli sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahalla hududlari, ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy foydalanishdagi joylarni tartibga keltirish, to‘planib qolgan chiqindilarni bartaraf etish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda ozoda va obod muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Dolzarb 40 kun” tadbirlarining asosiy maqsadi — hududlarda sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholining ekologik madaniyati va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini yuksaltirishdan iborat.

Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, hududning tozaligi va obodonligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay va ozoda yashash muhitini yaratish masalalari doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 12