35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati B.Obidov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 8-Maorif saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida hududdagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Maktab direktori U.Xasanov tomonidan ta’kidlanishicha, yangi o‘quv yilida 4 ta boshlang‘ich sinfga jami 140 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, maktab jamoasi sport yo‘nalishida ham muhim yutuqqa erishgan. Xususan, "Besh tashabbus olimpiadasi"ning yengil atletika yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan Abduxalil Ismoilov tashabbusi bilan 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ yutib olingan. Mazkur mablag‘ evaziga universal sport maydonchasini barpo etish belgilangan bo‘lsa-da, hozirgi kunda maktab hududida buning uchun mos bo‘sh yer maydoni mavjud emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, maktab "Ochiq budjet" axborot portalining 2026-yil 1-mavsumi yakunlari bo‘yicha ham 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritgan. Biroq, o‘rganish davomida ushbu loyiha bo‘yicha qurilish ishlari hali boshlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda loyihalarni amaliy bosqichga o‘tkazish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi va deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 8