35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 19-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_faoliyati #Doimiy_kimissiya_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 19-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan “Ochiq budjet” loyihasining 2026-yilgi 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

🧠 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha hojatxonalarini, kanalizatsiya tizimini hamda yerto‘la quvurlarini ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, foydalanish muddati o‘tgan eshik va deraza romlarini yangilash, tokchalar o‘rnatish hamda yangi eshik va deraza romlari o‘rnatilgandan so‘ng otkos qismlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani ko‘rib chiqildi.

📈 Bundan tashqari, muassasaning tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvur tarmoqlarini ta’mirlash, shuningdek, oshxonani to‘liq ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlarini “Engineering arx servis” MChJ olib bormoqda.

📁 Doimiy komissiya faoliyati doirasida o‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning loyiha talablariga muvofiqligi, bajarilish sifati va belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6