Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari N.Qoraboyeva, Savdo-sanoat palatasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i M. Zufarov hamda tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi va 2-sonli politeknikumi direktorlari bilan birgalikda "Pronto textil group" MCHJ rahbariyati, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati R. Raxmatov bilan o‘tkazgan muzokaralari doirasida, 1-sonli kasb-hunar maktabi va 2-sonli politeknikumi o‘quvchilarini dual ta’lim dasturi asosida ushbu korxonada o‘qishdan ajralmagan xolda kasb-hunar o‘rganishlari va amaliyot o‘tashlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
📚Dual ta’lim tizimi, shubhasiz, kadrlarning yuqori darajada tayyorgarligini ta’minlashga va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Rustamjon Raxmatov