35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HÁPTELIK REJESI (17-21-avgust)
янв.21
📊HÁPTELIK ISLENǴEN JUMÍSLAR  (10-15-avgust)
янв.21
Deputat kóp qabatlı jaylardıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat “Qaraqalpaq suw támiyinatı” AJ Shımbay filialınıń jumısı úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
Shımbay rayonı Densawlıqtı saqlaw bólimi xızmetkerleri arasında "Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" súreni astında ilaj bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 11-sanlı “A.Xaniyazov” saylaw okrugi ÓzLIDEP partiyası deputatı G.Eshmuratova mektep pitkeriwshileri menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI GAZ TAQSIMLASH QURILMALARI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI GAZ TAQSIMLASH QURILMALARI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

🇺🇿 Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energetika tizimi, xususan, tabiiy gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, hududlardagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlariga hududlardagi energetika obyektlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🕯 Mazkur topshiriqlardan kelib chiqib, Uchtepa tumanidagi mahallalarda mavjud gaz taqsimlash qurilmalari (GTP) holati tanqidiy va manzilli ravishda o‘rganilmoqda. Xususan, Ko‘ksaroy mahallasi Farnuh ko‘chasida joylashgan GTPning texnik va atrof-hudud holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida mazkur gaz taqsimlash qurilmasiga olib boruvchi kirish yo‘llari to‘silib qolgani, qurilma atrofidagi hudud obodonlashtirilmagani va qarovsiz holatda ekani aniqlandi.

⚠️ Shuningdek, tadbirkorlik subyektiga tegishli gaz taqsimlash qurilmasining holati ham tanqidiy ko‘rib chiqilib, uning amaldagi talab va me’yorlarga muvofiqligi yuzasidan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, gaz taqsimlash qurilmalarining texnik holatini yaxshilash, ularga xizmat ko‘rsatish va xavfsiz foydalanish talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

✅ Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlash, mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda ularning oldini olishdan iborat.

💼 Tumandagi boshqa mahallalarda ham gaz taqsimlash qurilmalari va energetika infratuzilmasi obyektlarining holatini tanqidiy o‘rganish ishlari davom ettiriladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 6