35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi

 Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati F. Rahimova hamda Samarqand shahar Kengashi deputati T. Hamidov tomonidan “Bahoriston” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari asosida olib borilgan faoliyat hamda hududda yechimini topgan masalalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

🌀Shuningdek, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

🇺🇿 Muloqot chog‘ida mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, fuqarolar faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Tadbirda Kengash kotibiyati mutaxassisi, shahar hokimligi mas'ul mutaxassisi, bank xodimlari va tegishli mutaxassislar ham ishtirok etib, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi. Bildirilgan murojaat va takliflar joyida o‘rganilib, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.

✔️ Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4