35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi: OILALAR MUSTAHKAMLIGI VA DOLZARB IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugi hududidagi 1-Qatortol mahallasida xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, oilalar barqarorligi va mahalladagi dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida oilaviy ajrimlarning oldini olish, erta turmush qurish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, to‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha dabdababozlikning oldini olish, shuningdek, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ayniqsa, oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablarini o‘z vaqtida aniqlash, nizoli va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlarni oilaviy hayotga mas’uliyat bilan tayyorlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, to‘y va marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz tashkil etish, erta nikohlarning oldini olish hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat mazkur masalalarni hal etishda mahalla faollari, xotin-qizlar faollari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va profilaktik ishlarni tizimli davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 4