35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
#haftalik_tahlil MAHALLIY KENGASHLAR KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning samaradorligini yanada oshirish maqsadida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash kotibiyatlarining joriy haftadagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini tizimli tashkil etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda ko‘cha boshilari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘cha boshilari orqali hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish, ularni "Ko‘cha aylanish daftari"ga kiritish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini sifatli tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalliy Kengash qarorlari ijrosini monitoring qilish hamda axborot-tahliliy materiallarni o‘z vaqtida tayyorlash masalalari yuzasidan ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatida ochiqlik, tizimlilik hamda natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Slide 1 of 4