35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

Bandixon tumanida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda

Bandixon tumanida aholi uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari yangi bosqichga ko'tarildi. Tuman hududida navbatdagi muhim loyiha – mahalliy ahamiyatga ega 75V089 "Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida asfaltlash ishlari uchun yer tayyorlash jarayonlari boshlandi.

Mazkur loyiha hududning transport infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilash, yo'llarning sifatini oshirish, transport qatnovini yanada qulay va xavfsiz tashkil etish hamda fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu yo'l orqali harakatlanayotgan transport vositalari uchun qulayliklar yaratilishi bilan bir qatorda, mahallalarning o'zaro bog'liqligi va iqtisodiy faolligi ham yanada ortadi.

Boshlangan qurilish ishlari jarayonini 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Abdimo'minov Hasan Aliqulovich hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E. Eshonqulov bevosita joyiga chiqib o'rgandi. O'rganish davomida loyiha ijrosi, tayyorgarlik ishlari va belgilangan rejalarning bajarilish holati ko'zdan kechirildi.

Mas'ul tashkilotlar vakillariga barcha ishlarni amaldagi me'yor va standartlarga qat'iy rioya qilgan holda, yuqori sifat bilan amalga oshirish, yo'lning uzoq yillar davomida aholiga ishonchli xizmat qilishi uchun mustahkam va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar hamda ko'rsatmalar berildi.

Bugun amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ertangi farovon hayotimiz uchun mustahkam poydevor yaratadi. Bandixon tumanida izchil amalga oshirilayotgan bunday infratuzilma loyihalari hududning yanada obod bo'lishi, aholi turmush sifatining yuksalishi va iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo'shmoqda.

Obod yo'llar — xavfsiz harakat, qulay hayot va barqaror taraqqiyot garovidir!

Slide 1 of 8