35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
Doimiy komissiya tomonidan “Toza hudud” DUK faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi G.Xusanova, biriktirilgan tashkilot vakili – tuman hokimligi bosh mutaxassisi J.Mallayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda “Toza hudud” DUK Nurobod tumani filiali faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida filial tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni (2002-yil 5-aprel, O‘RQ-362-II) ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va belgilangan tartibda utilizatsiya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda qonun talablarining amaliy ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, sohada amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglanib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda hududlarda davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1