35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
#nazorat_tahlil Hududdagi muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari belgilanmoqda

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida Teraktagi MFY Eshonguzar ko‘chasida navbatdagi nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova, hudud deputati, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi R.Madaminov, Eshonguzar ko‘chasi faollari hamda Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mas’ul xodimi A.Vasidjonov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chadagi uzunligi 2,4 kilometr bo‘lgan yo‘l qismini joriy ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar ham atroflicha o‘rganildi. Jumladan, Eshonguzar ko‘chasida ichimlik suvi tarmog‘ining aksariyat qismlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi, shuningdek, eskirgan tayanchlarni olib tashlash masalalari aholi uchun muayyan qiyinchilik tug‘dirayotgani ma’lum qilindi.

Aniqlangan muammolar hudud deputatining “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish, masalalar yechimini nazoratga olish belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechimini topishga qaratilgan o‘rganishlar muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 10