35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jo‘rayeva tomonidan saylov okrugidagi "Nurafshon" MFY Amindaryo ko‘chasi aholisi nomidan ichimlik suvi ta’minotiga oid kelib tushgan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat hududga chiqib, murojaatda qayd etilgan holatlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ichimlik suvi tarmog‘idagi suv taqsimlash vintellari (zadvijka va ventillar) uzoq yillar davomida foydalanilgani sababli texnik jihatdan nosoz holatga kelgani, bu esa tarmoqni boshqarish hamda avariya-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘dirayotgani aniqlandi.

Shuningdek, deputat ushbu masala yuzasidan ko‘cha boshilari bilan uchrashib, murojaatda ko‘tarilgan muammolarni atroflicha muhokama qildi. Suhbat davomida mavjud nosozliklarni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha murojaatda ko‘rsatilgan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, suv taqsimlash uskunalarining texnik holatini o‘rganish hamda zaruratga ko‘ra ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqot qilish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5