35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyme-úy júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Шымбай районында депутат ҳәм жаслар ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputatlar "Ashıq byudjet" portalına kelip túsken usınıslardı kórip shıqtı
янв.21
Депутат тәрепинен Балалар спорт мектебинде жаратылған имканиятлар үйренилди
янв.21
12-avgust — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik salıq xızmeti xızmetkerleri kúni!
янв.21
Deputatlar rayon orayın bildiriwshi jol belgileri ornatıw máselesin úyrendi.
янв.21
Deputat Milliy gvardiya jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat "Hayallar dápteri"ne kirgizilgen hayal-qızlar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylaw okrugindegi sawda dúkanlarında bahanı úyrendi
янв.21
#24-másele
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 15-Dehqonobod saylov okrugi deputati O‘ktam Saidmurodov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida deputat tomonidan o‘tgan chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni rivojlantirish borasidagi tashabbuslar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan vazifalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

✍️ Tadbirda tuman Kengashidan Sojida Abdurahmonova, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, yo‘l xo‘jaligi, obodonlashtirish, bandlik va pensiya tizimi vakillari, mahalla yettiligi, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🌀 Uchrashuv davomida saylov okrugida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔹 Jumladan, Dehqonobod mahallasidagi 1000 metr ichki yo‘l asfaltlashtirildi;
🔹 Sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy maydoncha barpo etildi;
🔹 Hududdagi ta’lim muassasasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 18-maktab filiali foydalanishga topshirildi;
🔹 Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 1500 metr elektr tarmoqlari yangilanib, 50 ta beton tayanch ustun o‘rnatildi;
🔹 Mahallani obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tungi yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarildi.

⚡️ Shuningdek, deputat tomonidan hududda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholi turmush farovonligini yanada oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida ham ma’lumot berildi.

➡️ Muloqotning savol-javob qismida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirdi. Ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillarining fikrlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

➕ Saylovchilar bilan bunday uchrashuvlar hududdagi mavjud holatni bevosita aholi bilan muhokama qilish, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikni xabardor etish hamda fuqarolarning fikr va takliflarini inobatga olgan holda kelgusidagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2