35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
avbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.


🇺🇿Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — tumanda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra amalga oshirilgan ishlar tahlili va yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda mas’ul idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Unga ko‘ra, joriy yilning 1-iyul holatiga:
Tuman hududidagi foydalanilmayotgan davlat aktivlari va bo‘sh turgan binolar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

Xususiy sektor vakillariga investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan ochiq savdolar orqali taqdim etilayotgan obyektlar ko‘lami kengaydi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish hamda xususiylashtirish jarayonlarining ochiqligi (shaffofligi) ta’minlanmoqda.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan jarayonlarni yanada jadallashtirish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Davlat aktivlarini tadbirkorlarga auksion savdolari orqali sotishda shaffoflik va teng raqobat muhitini to‘liq ta’minlash.

Tumandagi davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tahlil qilib, ularni xususiylashtirish yoki davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida tadbirkorlarga berish choralarini ko‘rish.
Xususiylashtirilgan obyektlar negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va hudud aholisi uchun doimiy ish o‘rinlari yaratilishini nazorat qilish.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.