35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
O‘tgan hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘tgan hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirokida Kengash kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda deputatlari tomonidan o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilindi.

Jumladan, deputatlarning o‘z saylov okruglarida olib borgan mahallabay o‘rganish ishlari, fuqarolar qabuli hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi natijadorligi, shuningdek, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahallalardagi “yettilik” faoliyatini tahlil qilish jarayonlari muhokama etildi.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda ularni bartaraf etish shuningdek, faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda joriy hafta uchun ustuvor vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan:

navbatdagi Kengash sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish;

doimiy komissiyalar hamda deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni hokimlik va Kengashning rasmiy axborot kanallarida doimiy ravishda yoritib borish;

davlat dasturlari ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini izchil davom ettirish;

aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida deputatlar va kotibiyat xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish vazifalari belgilab berildi.