Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede sanitariya hám jámiyetlik salamatlıq máselelerin dodaladı
янв.21
2-IYUL - ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASI MÁMLEKETLIK GERBI QABIL ETILGEN KÚN
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍNÍŃ MÁHÁLLE BELSENDILERI MENEN UShÍRASÍWÍ ÓTKERILDI
янв.21
Deputat 2026-2027-oqıw jılına tayarlıq sheńberinde mekteptegi ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı mayıplıǵı bolǵan er adamlar ushın "Múriwbet" úyindegi qurılıs-ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
seminar
янв.21
30-июнь — Жаслар күни
янв.21
Социаллық объектлер үйренилмекте!
Sessiya

Joriy yilning 22-iyun kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o'ttiz birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya ishida tuman hokimi Sherzod Salixov, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.
Sessiya kotibligiga 24-Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Laziza Sobirjonova saylandi.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryakubov, tuman hokimi o'rinbosari Shahboz Nizamudinov, O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi boshlig'i Sherzod Mamajonov, tuman Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i L.O'tkirovlarning hisobotlari hamda doimiy komissiya raislarining axboroti eshitildi.
Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Muqim Erxo‘jayev, Farxod Ibragimov, Surayyo Axmedova, Asqar Baxramov, Davron Teshaboyev, Olimjon Dadajonov, Hikmatilla Hafizov, Elyorjon Saidovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiya yakunida sessiya kotibi Lazizia Sobirjonovaning axboroti eshitildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi

Slide 1 of 8