Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede sanitariya hám jámiyetlik salamatlıq máselelerin dodaladı
янв.21
2-IYUL - ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASI MÁMLEKETLIK GERBI QABIL ETILGEN KÚN
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍNÍŃ MÁHÁLLE BELSENDILERI MENEN UShÍRASÍWÍ ÓTKERILDI
янв.21
Deputat 2026-2027-oqıw jılına tayarlıq sheńberinde mekteptegi ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı mayıplıǵı bolǵan er adamlar ushın "Múriwbet" úyindegi qurılıs-ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
seminar
янв.21
30-июнь — Жаслар күни
янв.21
Социаллық объектлер үйренилмекте!
Zarafshon mahallasidagi sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

✔️O‘rganish davomida sport maktabining moddiy-texnik bazasi, mashg‘ulotlar sifati, sport inshootlarining holati, mavjud sharoitlar hamda yosh sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport to‘garaklariga yoshlarni jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✔️Mas’ullar tomonidan sport maktabi rahbariyati va murabbiylar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoshlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan hududlarda ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, sport muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4