Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
ҮШ ӘЎЛӘД УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar 15-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni fan, sport, madaniy-ma’rifiy hamda ijodiy to‘garaklarga keng jalb etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarning sifati hamda qamrov darajasi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, mavjud sharoitlardan samarali foydalanish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda yozgi ta’til davrida tashkil etilayotgan tadbirlar samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6